Dasturiy loyihaning taqdiri ko'pincha birinchi kuni hal bo'ladi — talab qanchalik aniq yozilganiga qarab. «O'zingiz bilasiz-ku, kerak narsani qiling» degan yondashuv deyarli har doim kechikish, ortiqcha xarajat va norozilikka olib keladi. Yaxshi texnik topshiriq esa buni oldini oladi.
Yaxshi topshiriqda nima bo'lishi kerak
- Maqsad: bu tizim qanday muammoni hal qiladi
- Kim foydalanadi: rollar (rahbar, sotuvchi, kuryer, mijoz)
- Asosiy stsenariylar: foydalanuvchi qadamma-qadam nima qiladi
- Muhim funksiyalar va ularning ustuvorligi (avval nima kerak)
- Boshqa tizimlar bilan bog'lanish (to'lov, kassa, Telegram)
- Cheklovlar: byudjet, muddat, tillar, qurilmalar
Keng tarqalgan xatolar
- Juda umumiy yozish: «zamonaviy va qulay bo'lsin» — bu o'lchab bo'lmaydigan talab
- Hamma narsani «1-versiyaga» tiqishtirish — loyiha cho'ziladi
- Kelajakdagi o'sishni umuman hisobga olmaslik
- Kim qaror qabul qilishini aniqlamaslik
Kichik maslahat
Hammasini bir martada mukammal yozishga urinmang. Eng muhim funksiyalarni ajrating, birinchi ishlaydigan versiyani (MVP) belgilang, qolganini keyingi bosqichlarga qoldiring. Bu tez natija va kam xavf beradi.
Bizga to'liq texnik topshiriq bilan kelish shart emas — biz siz bilan birga uni tuzamiz: savollar beramiz, jarayonni tahlil qilamiz va aniq, o'lchanadigan talabni shakllantiramiz.