ERP yoki har qanday tizimni qurishda bitta texnik, ammo muhim savol chiqadi: ma'lumot qayerda yashaydi — bulutda (internet orqali) yoki o'z serveringizda (lokal)? To'g'ri javob biznes tur, byudjet va xavfsizlik talabiga bog'liq.
Bulutli tizim (cloud)
- Istalgan joydan kirish — ofis, uy, filial, telefon
- Server sotib olish va saqlash shart emas
- Yangilash va zaxira nusxa avtomatik
- Tez boshlash — infratuzilma tayyor
- Cheklov: barqaror internet kerak
Lokal tizim (on-premise)
- Ma'lumot to'liq o'zingizda — nazorat sizda
- Internetsiz ham ishlaydi (lokal tarmoqda)
- Ba'zi tarmoq va qonun talablari uchun mos
- Cheklov: server, texnik xizmat va zaxira o'z zimmangizda
Qaysi birini tanlash
Ko'p filialli, mobil va tez o'sayotgan biznes uchun bulut ko'pincha qulayroq va arzonroq boshlanadi. Katta, xavfsizlikka juda sezgir yoki internet barqaror bo'lmagan joydagi biznes uchun lokal yoki aralash (gibrid) variant mos keladi.
Biz avval biznesingizning talabini tahlil qilamiz va to'g'ri variantni tavsiya etamiz — bulut, lokal yoki ikkalasini birlashtirgan gibrid yechim.